Siyoyev Sa’dulla

Shoir, Yozuvchi
Siyoyev Sa’dulla
Tavallud sanasi:
1939 Mart 25
Vafot sanasi:
20.02.2021

Yozuvchi Sa’dulla Siyoyevning birinchi hikoyalar to‘plami 1970 yilda chop etildi. S.Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillariga tarjima qilingan. U M.Zoshchenko, L.Lench, A.Arkanov, G.Gorin kabi rus yozuvchilarining hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Biografiya

Yozuvchi Sa’dulla Siyoyev 1939 yil 25 martda Qozog‘istonning Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. 1946-1956 yillarda Qarnoqdagi o‘rta maktabda, 1957-1962 yillarda Toshkent Davlat universitetida o‘qidi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan adib dastlab Toshkent radiosida, keyinchalik respublika vaqtli matbuoti, «Mushtum» hajviy jurnalida ishladi.

So‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiyot jamg‘armasiga rahbarlik qildi. Sa’dulla Siyoyev o‘z ijodini she’r yozishdan boshlagan. Uning dastlabki she’ri 1956 yilda matbuotda bosiladi.

U she’rlar bilan bir qatorda «Qiz bolaning pandi» (1963), «Ming bir qiliq» (1964), «Charxpalak» (1965), «Uyimizga mehmon keldi» (1966) kabi hikoyalarini ham e’lon qildi. Bu hikoyalarida bugungi qishloq hayoti tasvirlangan.

Faoliyati

Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami «Qasam ichmagan yigit» 1970 yilda chop etildi. Bu to‘plamga uning lirik va hajviy hikoyalari kiritilgan. Shundan so‘ng S.Siyoyevning «Sadag‘ang ketay» (1972), «To‘ylar muborak» (1975), «Oy borib, omon keling» (1976), «Og‘ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar» kabi hikoyalar to‘plamlari bosilib chiqqan. Ularda yozuvchi zamondoshlarimizning mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy his-tuyg‘ularini ardoqlaydi.

Keyingi yillarda uning qissa va hikoyalardan iborat «Yorug‘lik» (1986), «Beparvo bo‘lmoqchiman» (1990) kitoblari hamda «Avaz» (1987) romani o‘quvchilar hukmiga havola etildi. 1993 yilda uning «Yassaviyning so‘nggi safari» romanining birinchi kitobi, 1997 yilda esa «Haqiqat yo‘li» deb nomlangan ikkinchi kitobi chop qilindi. Bu kitoblarda ulkan bobokalonimiz Ahmad Yassaviy haqida hikoya qilinadi.

S.Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillariga tarjima qilingan. U M.Zoshchenko, L.Lench, A.Arkanov, G.Gorin kabi rus yozuvchilarining hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/siyoyev_sa%E2%80%99dulla_
Sayt foyda berdi!
87679 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi